Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Turkiyaning Ondokuz Mayıs Universiteti o‘rtasida o’zaro Hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Imzolangan Memorandum professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va mutaxassislarning almashinuviga qaratilgan qo‘shma ta’lim dasturlar amalga oshirish va Turkiyada yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanib mutaxassislarni tayyorlash kabi yo’nalishlarda hamkorlikka yo’l ochdi.
Ma’lumot uchun: Ondokuz Mayıs Universiteti 1975-yilda tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda universitetda 40 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.



