Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Ozarbayjon minimal invaziv jarrohlar jamiyati o‘rtasida o’zaro Hamkorlik Shartnomasi imzolandi.
Imzolangan Shartnoma birgalikda yuqori malakali jarrohlar tayyorlash, hamkor tashkilotda ma’ruzalar o’qish, jarrohlar uchun stajirovkalar tashkil etish va ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi yo’nalishlarda hamkorlikka yo’l ochdi.
Ma’lumot uchun: Ozarbayjon Minimal invaziv jarrohlar jamiyati — 2013 yilda tashkil topgan bo’lib, mamlakatda laparoskopik, endoskopik va boshqa zamonaviy minimal invaziv jarrohlik usullarini rivojlantirish va amaliyotga joriy etib kelayotgan professional tashkilotdir.



