Toshkent davlat tibbiyot universitetida Olmazor tumani favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshqarmasi bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, aholining xavfsizligini ta’minlashga bag‘ishlangan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash maslalari muhokama qilindi va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, tadbirda mas’ul xodimlar tomonidan is gazidan zaharlanish xavfi, gaz qurilmalaridan foydalanishda ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ushbu profilaktik tadbirning maqsadi — kuz-qish mavsumida xavfsizlikni ta’minlash, aholining ogohligini oshirish va noxush holatlarning oldini olishdan iborat.





