Mentorlik loyihasi yuqori bosqich talabalarini birinchi bosqich talabalari bilan yaqinlashtirib, yangi talabalarga universitet muhitiga tezroq moslashish, to‘g‘ri yo‘nalish tanlash va talabalik davrini samarali boshlashga yordam beradi.
Birinchi kun davomida talabalar:
universitet hayotining eng muhim qoidalari va imkoniyatlari bilan tanishdilar;
talabalik davrini samarali o‘tkazish bo‘yicha foydali tavsiyalar oldilar;
mentorlarning o‘qish, vaqtni boshqarish va loyihalarda ishtirok etish bo‘yicha qimmatli maslahatlarini tingladilar.
Shuningdek, 10 yo‘nalishdan iborat “bekatlar” tashkil etilib, talabalar sport inshootlari, kafedralar, muzey, simulyatsion markaz va boshqa muhim bo‘linmalar faoliyati bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Uchrashuvlar barcha 3 ta kampusda ketma-ketlikda o‘tkazilmoqda.





