Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Finlandiyaning JAMK University of Applied Sciences o‘rtasida o‘zaro Hamkorlik Shartnomasi imzolandi.
Imzolangan Shartnoma hamshiralik sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, qo’shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamda Yevropa Ittifoqining turli grantlarida birgalikda qatnashish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikka yo‘l ochadi.
Ma’lumot uchun: JAMK University of Applied Sciences — Finlandiyaning yetakchi ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, 1994-yilda tashkil etilgan. Universitet zamonaviy sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida yuqori sifatli amaliy ta’lim dasturlari bilan tanilgan. Hozirgi kunda universitetda 10000 ga yaqin talaba tahsil oladi.



