Ayni damda Samarqand shahrida Evroosiyo bolalar xirurglari Konfederatsiyasining I – Kongressi bo’lib o’tmoqda

Samarqand shahrida Evroosiyo bolalar xirurglari Konfederatsiyasining I – Kongressi bo’lib o’tmoqda

Bugun, Samarqand shahrida taniqli olim, bolalar jarrohligi rivojiga katta hissa qo‘shgan professor Azamat Shamsiyev tavalludining 80-yilligi munosabati bilan Evroosiyo bolalar xirurglari Konfederatsiyasining I – Kongressi o‘z ishini boshladi.

Nufuzli kongressda 30 davlatdan 150 nafar xorijlik mutaxassislar – bolalar jarrohligining taniqli vakillari, jumladan, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov, mamlakatimiz va xorijiy olimlar, professorlar va akademiklar ishtirok etmoqda.

Mazkur tarixiy kongress doirasida Yevropa, Rossiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Ozarbayjon va O‘zbekiston bolalar jarrohlari assotsiatsiyalari prezidentlari, shuningdek, Xalqaro bolalar endoxirurglari assotsiatsiyasi (Tokio), Osiyo endoskopik va laparoskopik jarrohlar assotsiatsiyasi (Singapur), Arab davlatlari bolalar jarrohlari assotsiatsiyasi (Tunis) hamda Markaziy Osiyo bolalar jarrohlari assotsiatsiyasi rahbarlari ishtiroki kongressga alohida qadr va nufuz bag‘ishlamoqda.

Shuningdek, tadbirda mamlakatimizning yetakchi ilmiy jamoatchiligi, Samarqand viloyatining nufuzli universitetlari rektorlari, Oliy Majlis Senati a’zolari, mahalliy Kengash deputatlari, hurmatli mehnat faxriylari ham qatnashmoqda. Umuman olganda, kongressda 500 nafarga yaqin ishtirokchi yig‘ilgan.

Mazkur kongress O‘zbekistonda bolalar jarrohligi sohasida xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va yangi texnologiyalarni joriy etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Samarqand shahrida Evroosiyo bolalar xirurglari Konfederatsiyasining I – Kongressi bo’lib o’tmoqda Samarqand shahrida Evroosiyo bolalar xirurglari Konfederatsiyasining I – Kongressi bo’lib o’tmoqda

Samarqand shahrida Evroosiyo bolalar xirurglari Konfederatsiyasining I – Kongressi bo’lib o’tmoqda Samarqand shahrida Evroosiyo bolalar xirurglari Konfederatsiyasining I – Kongressi bo’lib o’tmoqda

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan