Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Litvaning Respublika Shiauliai shifoxonasi o‘rtasida o‘zaro Hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Imzolangan Memorandum sog’liqni saqlash menejmenti sohasida o’zaro tajriba almashish, tibbiyot mutaxassislarining hamkor tashkilotda malaka oshirishini yo’lga qo’yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, o’zaro ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikka yo‘l ochadi.
Ma’lumot uchun: Respublika Shiauliai shifoxonasi 1843-yilda tashkil etilgan bo‘lib, aholiga shoshilinch yordamdan tortib, ixtisoslashgan jarrohlik va onkologik xizmatlargacha taqdim etadi. Shifoxonada 1000 dan ortiq o’rin mavjud bo’lib, unda 2200 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritadi.



