Tibbiyot muassasalaridagi amaliyot: talabalar uchun mas’uliyatli jarayon

So‘nggi yillarda “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tashi joriy qilindi.

Talabalar amaliyotga chiqishidan oldin yangi o‘quv yili boshida bir oy davomida akademik qarzdorliklarini bartaraf etishi, to‘lov-kontraktlarni amalga oshirishi, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashi uchun imkoniyatlar beriladi.

Avvalgi yillar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, birlamchi tibbiyot tizimiga raqamlashtirish, DMED axborot tizimidan foydalanish, bemorlar bilan muloqot madaniyati va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish joriy qilingan.

Talabalar akademik qarzdorliklarni bartaraf etib, to‘lov-kontrakt shartlarini amalga oshirib, raqamlashtirish, DMED axborot tizimidan foydalanish, bemorlar bilan muloqot madaniyati va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi ko‘nikmalarini to‘liq egallaganidan so‘ng amaliyotga yuborilishiga ruxsat beriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan