Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Talabalikka bag‘ishlov – 2025” va «1 oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Talabalikka bag‘ishlov – 2025” va "1 oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun muhtasham “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetiga 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Talabalikka bag‘ishlov – 2025” hamda “1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oly ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi vakillari hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Shuxrat Boymuradov boshchiligida universitet professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Dastlab tibbiyot tarixi va universitet faoliyatiga oid videorolik, so‘ngra teatrlashgan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Tadbir davomida universitet rahbariyati hamda faxriy mehmonlar kirish so‘zlari bilan talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilarni tabriklab, ularga bilimlarni egallashda va kasbiy faoliyatda omad tiladilar.

Tadbir davomida “1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan ko‘p yillar davomida universitetda samarali faoliyat olib borayotgan va uning rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan professor-o‘qituvchilarning ko‘p yillik mehnati va yutuqlari e’tirof etildi. Fidoyi pedagoglar taqdirlandi.

Shuningdek, tadbir doirasida universitetga o‘qishga 1-bosqichga qabul qilingan talabalarning tantanali “Talabalik qasamyodi” marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda 3000 nafardan ziyod 1-bosqich talabalari yurtga sadoqatli, bilim va fidoyilik yo‘lida halol xizmat qilishga qasamyod qildilar. Ushbu daqiqalar yoshlarning hayotida muhim bosqich – yangi davrning boshlanishi sifatida tarixda muhrlandi.

Shuningdek, marosim badiiy dastur bilan boyitildi. Taniqli estrada vakillari hamda universitet talaba-yoshlaridan iborat ijodiy guruhlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi. Mashhur san’atkorlarning chiqishlari esa tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan