Toshkent davlat tibbiyot universitetida Milliy gvardiya bilan hamkorlikda “Xavfsiz poytaxt bo‘yicha axborot kampaniyasi” tadbiri o‘tkazildi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida Milliy gvardiya bilan hamkorlikda “Xavfsiz poytaxt bo‘yicha axborot kampaniyasi” tadbiri o‘tkazildi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Milliy gvardiyaning Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi Surishtiruv bo‘limi mas’ul xodimlari Adham Jumayev va Muslihiddin Asrorov ishtirokida “Xavfsiz poytaxt bo‘yicha axborot kampaniyasi” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Turdikul Bobomuratov boshchiligida mas’ullar va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirning maqsadi jinoyat va huquqbuzarlikning oldini olishdir.

Tadbirda yoshlar, xotin-qizlar va universitet vakillari ishtirok etib, migratsiya jarayonida muhim bo‘lgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar borasida huquqiy maslahatlar, psixotrop moddalar savdosi, tarqatish va iste’moliga aralashib qolmaslik, internetda noto‘g‘ri g‘oyaviy kontentlarni, diniy qo‘mita tomonidan ta’qiqlangan diniy ma’ruzalarni tarqatmaslik haqida suhbatlar olib borildi.

Suhbat davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Toshkent davlat tibbiyot universitetida Milliy gvardiya bilan hamkorlikda “Xavfsiz poytaxt bo‘yicha axborot kampaniyasi” tadbiri o‘tkazildi Toshkent davlat tibbiyot universitetida Milliy gvardiya bilan hamkorlikda “Xavfsiz poytaxt bo‘yicha axborot kampaniyasi” tadbiri o‘tkazildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan