2025-yil 3-4-oktabr kunlari Toshkent shahrida Yevropa urologiya maktabi va O‘zbekiston urologlari IV plenumi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tadbirda xorijiy va mahalliy, shu jumladan Toshkent davlat tibbiyot universitetining mutaxassislari ishtirok etib, urologiya sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar, yangi davolash usullari va ilmiy tadqiqotlar muhokama qilinmoqda hamda tajriba almashilmoqda.
Xalqaro darajadagi ilmiy-amaliy tadbir Sog‘liqni saqlash vazirligi, Evropa urologiya maktabi, O‘zbekiston urologlar ilmiy jamiyati, Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamkorligida tashkil etildi.
O‘zbekiston tibbiyotining rivojlanishiga qaratilgan bu plenum mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.





