Toshkent davlat tibbiyot universitetida futbol musobaqasiga start berildi!

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 2-son Davolash fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan futbol bahslari yuqori sport kayfiyati, jamoaviy ruh va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq bilan boshlandi.

Musobaqaning saralash bosqichida 21 ta jamoa ishtirok etmoqda. Ular orasida “5 Skore”, “Atomniy”, “Goletort”, “Alfa”, “Speshl”, “Impuls”, “Goys”, “Beruniy”, “G‘alaba nafasi” va “Yangi avlod” kabi faol jamoalar o‘zaro kuch sinashmoqda.
Har bir uchrashuvda talabalarimiz maydonda yuqori darajadagi texnika, tezkorlik va jamoaviy uyg‘unlikni namoyish etmoqda. G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq esa o‘yinlarning asosiy ruhini belgilab bermoqda.

Futbol bahslari davom etmoqda, jamoalar keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirishmoqda.

Barcha ishtirokchilarga musobaqaning navbatdagi bosqichlarida omad va zafarlar tilaymiz!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida futbol musobaqasiga start berildi! Toshkent davlat tibbiyot universitetida futbol musobaqasiga start berildi!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida futbol musobaqasiga start berildi! Toshkent davlat tibbiyot universitetida futbol musobaqasiga start berildi!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan