Rektor talabalarning hayoti va yashash sharoitlarini o‘rganmoqda

Rektor talabalarning hayoti va yashash sharoitlarini o‘rganmoqda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipovning tegishli buyrug‘iga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili davomida oliy taʼlim muassasalari rahbarlarining talabalar turar joylariga muntazam tashriflarini tashkil etish reja-grafik asosida amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan ayni vaqtda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov universitetga qarashli talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga tashrif buyurmoqda.

Tashrif davomida rektor talabalarning yashash sharoitlari, dam olish va taʼlim olish imkoniyatlari, gigiyena hamda xavfsizlik talablari bilan tanishmoqda.

Shuningdek, universitet rektori talabalar va ijara uylari egalari bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning fikr va takliflarini tinglamoqda.

Uchrashuv davomida taʼkidlanganidek, talabalar turar joylarida qulay va xavfsiz muhit yaratish, yoshlarning samarali taʼlim olishi hamda madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlarni yanada yaxshilash universitet rahbariyati diqqat markazida bo‘lib qoladi.

Rektor talabalarning hayoti va yashash sharoitlarini o‘rganmoqdaRektor talabalarning hayoti va yashash sharoitlarini o‘rganmoqda

Rektor talabalarning hayoti va yashash sharoitlarini o‘rganmoqdaRektor talabalarning hayoti va yashash sharoitlarini o‘rganmoqda

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan