Toshkent davlat tibbiyot universiteti (ToshDavTU) va Privoljsk ilmiy tibbiyot universiteti (PITU) o‘rtasidagi akademik va ilmiy hamkorlik dasturi doirasida Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi kafedrasi hamda Biotibbiy texnologiyalar markazi xodimlari Nijniy Novgorod shahriga rasmiy tashrif amalga oshirdilar.
Tashrif davomida PITU tarkibidagi:
Pediatriya instituti Eksperimental onkologiya va biotibbiy texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Hujayra texnologiyalari laboratoriyasi,
Fundamental tibbiyot instituti Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi va klinik oldi tadqiqotlar markazi,
Eksperimental tibbiyot ilmiy-ta’lim markazi,
Polimerlar va funksional materiallar markazi faoliyati bilan tanishuv.
Shuningdek, “Stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha ToshDavTU va PITU xalqaro ta’lim dasturi talabalari uchun mo‘ljallangan mehmonxonada samimiy va do‘stona uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya mehmonxona sharoitlari, ta’lim jarayoni hamda talabalar moslashuvi jarayonlarini o‘rgandi.
🤝 Tashrif iliq, konstruktiv va mazmunli tarzda o‘tdi. Tomonlar xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, o‘qituvchi va talabalar almashinuvini rivojlantirish, ilmiy seminar va konferensiyalarni tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.







