“Digital Xavfsizlik — Yangi Avlodning Mas’uliyati” mavzusida talaba-yoshlar o‘rtasida videoroliklar, rasmlar va taqdimotlar tanlovi e’lon qilinadi!
Tanlovning maqsadi — talabalarda axborot xavfsizligi, raqamli madaniyat va internetdagi tahdidlardan himoyalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, ularning ijodiy fikrlash salohiyatini rivojlantirishdir.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
Fakultet bosqichi – 1-noyabr sanasigacha;
Universitet bosqichi – fakultet bosqichi g‘oliblari o‘rtasida yakuniy bosqich sifatida 1-5-noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Tanlov yo‘nalishlari:
Internet orqali radikal g‘oyalardan himoyada ma’naviy barqarorlik, radikalizm va ekstremizmning internetda tarqalishiga qarshi samarali strategiyalar.
Kibermadaniyat va etika: kiberjinoyatchilik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish muammolari, zamonaviy yondashuvlar
Narkotik va psixotrop moddalarning onlayn savdosiga qarshi kurash usullari
Onlayn qimor va moliyaviy firibgarlikka qarshi kurash
Ommaviy madaniyat ta’siri va yoshlar ongidagi xavflar
Axborot manipulyatsiyasi va feyk yangiliklarga qarshi immunitet shakllantirish.
Raqamli Mas’uliyat (Ma’naviy va profilaktik ma’noda )
Tanlov shakllari:
Videorolik (2–3 daqiqa davomida)
Rasm (plakat, grafika, raqamli dizayn)
Taqdimot (PowerPoint yoki PDF shaklida)
G‘oliblar quyidagi tartibda taqdirlanadi:
Har bir yo‘nalish bo‘yicha:
🥇 1-o‘rin — 1 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 750 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 500 000 so‘m
Eng yaxshi ishlar universitetning rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
📩 Ishlarni topshirish manzili:
Tayyorlangan ijodiy ishlar 1-noyabr sanasigacha fakultetning Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga topshiriladi.



