21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni

Bugun yurtimizda milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va davlat suverenitetining timsoli bo‘lgan O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlanmoqda.

Ona tilimiz — xalqimizning bebaho boyligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy mustahkamligining asosi hisoblanadi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘lishi munosabati bilan bu sana xalqimizning o‘zligini, tarixini va madaniyatini e’zozlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida yodga olinadi.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ sana — O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Tilimizning nufuzi va sha’ni doimo yuksak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Ekomed” klubi korpusi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan