Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari diqqatiga!
Sog‘lom turmush tarzi, jamoaviy ruh va yoshlar faolligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” musobaqalarining universitet bosqichi start olmoqda! 🚀
Sana: 21 oktyabr 2025 yil
Vaqt: soat 15:00
Joy: TDTU sport majmuasi
Musobaqalar quyidagi sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi:
Futbol
Voleybol
Stritbol (3×3 basketbol)
Stol tennisi
Yengil atletika
Bu musobaqa – shunchaki bellashuv emas, bu do‘stlik, birdamlik va g‘urur maydoni!
Bu yerda har bir harakat, har bir urinish, har bir g‘alaba – sening universiteting sha’nini ifoda etadi!
Kuch sendan! Irodangni namoyon et!
Fakulteting uchun, jamoang uchun, g‘alaba uchun maydonga chiq!
TDTUning eng kuchli, shijoatli va faol talabalari bir joyda jamlanadi — sen ham ular orasida bo‘l!
Shiorimiz:
«Birdamlikda kuch, harakatda g‘alaba!»


