Ijarachi va talabalar o‘rtasidagi muammolar o‘rganildi

Ijarachi va talabalar o‘rtasidagi muammolar o‘rganildi

Talabalarning ijara uylarida yashashi bilan bog‘liq masalalar doimiy e’tiborda.
Shu maqsadda mas’ullar tomonidan ijarachi va talabalar o‘rtasidagi muammolar o‘rganildi.

Talabalarning yashash sharoiti, ijara haqining adolatli belgilanishi, xavfsizlik va sanitariya talablariga rioya etilishi bo‘yicha suhbat va tahlil ishlari olib borildi.
Komissiya a’zolari tomonidan talabalar va ijarachilar bilan bevosita suhbatlar tashkil etildi, mavjud muammolar va ularning sabablari o‘rganildi. Shuningdek, ayrim yechim talab etuvchi holatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga amaliy taklif va tavsiyalar taqdim etildi.
O‘rganish natijalari talabalarning ijaradagi turmush sharoitini yanada yaxshilash, ularning xavfsizligini ta’minlash va ijara munosabatlarini qonuniy asosda yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Ijarachi va talabalar o‘rtasidagi muammolar o‘rganildi Ijarachi va talabalar o‘rtasidagi muammolar o‘rganildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan