Toshkent davlat tibbiyot unversiteti «Pedagogika va psixologiya»kafedrasi xodimlari:
Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri R.N.Melibayeva, kafedra dotsenti, Z.A.Dexkambayeva ,hamkorlik ishlari bo‘yicha ma’sul: M.A.Boboyeva kafedra o‘qituvchilari hamda «Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus» texnikumi o‘rtasida hamkorlik ishlari bo‘yicha texnikumga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida
Kafedra professor -o‘qituvchilari tomonidan texnikum o‘qituvchilariga
– O‘quv-uslubiy metodikalarni takomillashtirish, o‘quv- qo‘llanmalar va yetishmayotgan adabiyotlarni hamkorlikda yaratish bo‘yicha tavsiyalar va amaliy yordam berish:
– Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus adabiyotlar yaratish;
– Ma’naviy -marifiy tadbirlarni birgalikda tashkil etish;
– «Mahorat darslarini» tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Tashrif samarali bo‘lib kelgusida amalga oshirilishi mo‘ljallangan hamkorlik tadbirlariga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishiga
kelishib olindi.





