Toshkent davlat tibbiyot universitetida bugun haqiqiy sport ruhi, jamoaviy birdamlik va cheksiz shijoat hukm surdi! “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining ochilish marosimi talabalarning g‘ayrat-shijoati, irodasi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi bilan boshlandi.
Musobaqada har bir fakultet jamoalari faol ishtirok etib, maydonlarda haqiqiy kurash, jismoniy kuch va aql uyg‘unligining yorqin namunalarini ko‘rsatdilar.
Bu musobaqalar shunchaki sport bellashuvi emas, balki TDTU talabalari birdamligi, g‘ururi bo‘ldi.Har bir ishtirokchi o‘z fakulteti sha’nini himoya etib, universitet faxrini yuksaltirishga hissa qo‘shmoqda!
Maydonlarda shijoat, tribunalarda hayajon, qalblarda esa g‘alabaga bo‘lgan ishonch! Bu musobaqalar TDTU talabalari uchun chinakam ruh, birlik va g‘alaba bayramiga aylandi!
Keling, barcha jamoalarimizga kelgusi final bosqichlarida ulkan g‘alabalar va omad tilaymiz!




