III Xalqaro Yosh Olimlar va Talabalar Forumi — unutilmas tajriba!

III Xalqaro Yosh Olimlar va Talabalar Forumi — unutilmas tajriba!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan III Xalqaro Yosh Olimlar va Talabalar Forumi doirasida o‘tkazilgan “Biologiya, tibbiyot va farmatsiyaning rivojlanish istiqbollari” anjumanida faol ishtirok etishdi. Ushbu nufuzli tadbir ilm, tajriba va xalqaro hamkorlik ruhi bilan yoritilgan yirik ilmiy anjuman bo‘ldi.
Forum davomida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan yosh tadqiqotchilar o‘z ilmiy g‘oyalarini taqdim etishdi, tajriba almashishdi va yangi loyihalar ustida ishlashdi.
Ushbu forum tibbiyot talabalari uchun nafaqat bilim va amaliy ko‘nikmalarni oshirish, balki yangi tanishuvlar, motivatsiya va global fikrlash doirasini kengaytirish imkonini ham berdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining bir qator tibbiyot oliygohlari bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon Respublikalaridan yosh olim va talabalar ham o‘z bilim va tajribalari bilan ishtirok etishdi.

Ilmiy anjuman yo‘nalishida yuqori natijalar:
Orifjonov Daler Rustamovich — 2-davolash fakulteti, 401-a guruh — 2-o‘rin
Abdualiyeva Maftuna Pulatovna — 1-davolash fakulteti, 609-a guruh — 2-o‘rin
Suvonkulova Shaxnoza Utkirovna — 1-davolash fakulteti, 204-b guruh — 3-o‘rin
Toshpulatova Gavxarshodbegim Otabekovna — “Bolalar nevrologiyasi” yo‘nalishi, 1-kurs magistranti — 1-o‘rin
Abdivoxidov Kamronbek Akmalovich — 2-davolash fakulteti, 204-b guruh — 3-o‘rin
Xojiyeva Kamola Lazizovna — 1-davolash fakulteti, 403-c guruh — 3-o‘rin
Ibrohimov Muxammadali Abduxalil o‘g‘li — 2-davolash fakulteti, 204-b guruh — 3-o‘rin

Bu yutuqlar nafaqat talabalarning mehnati va fidoyiligining ifodasi, balki Toshkent davlat tibbiyot universitetida ilm-fan va yoshlar rivojiga berilayotgan e’tiborning amaliy natijasidir!

III Xalqaro Yosh Olimlar va Talabalar Forumi — unutilmas tajriba! III Xalqaro Yosh Olimlar va Talabalar Forumi — unutilmas tajriba!

 III Xalqaro Yosh Olimlar va Talabalar Forumi — unutilmas tajriba!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan