Ayni damda, Toshkent davlat tibbiyot universitetiga O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Olim Murodullayevich Omonov tashrif buyurdi.
Tashrifning asosiy maqsadi — universitetda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilgan ishlar, elektron ta’lim tizimi va axborot texnologiyalarini joriy etish jarayonlari bilan tanishishdan iboratdir.
Olim Murodullayevich universitetning axborot tizimlari markazi, simulatsiya markazida bo‘lib, talabalarning elektron reyting tizimi, onlayn dars platformalari, shuningdek, klinik bazalarda tibbiy ma’lumotlarni raqamlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.
Tashrif davomida sog‘liqni saqlash tizimini zamonaviy raqamli yechimlar asosida rivojlantirish, tibbiy ta’limda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda.






