Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshiralik fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Abzalova Nodira Akmalovna TDTUning 3-kampusida bo‘ldi.
Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasida o‘quv jarayonlari hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha aniq metodik ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi. Xususan, darslarda interaktiv usullarni keng joriy etish, amaliy mashg‘ulotlar ulushini oshirish hamda metodik qo‘llanmalarni yangilash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.




