RASMIY MUNOSABAT

Rasmiy munosabat

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat tibbiyot universiteti (sobiq Toshkent davlat stomatologiya instituti)ning klinik ordinatura talabalari stipendiya ololmayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

Xabarlarga ko‘ra, sobiq Toshkent davlat stomatologiya instituti 2-kurs klinik ordinatura (rezidentura) bosqichida tahsil olayotgan 19 nafar talabalar o‘tgan 2024-yilning sentabr va oktabr oylari uchun stipendiya olmagan. Ushbu talabalarga stipendiya tayinlash va to‘lovlarini amalga oshirish sobiq Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida 2024-yil sentabr, oktabr oylari uchun 19 nafar klinik ordinatorlarga stipendiya to‘lab berilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Lekin, hozirgi kunda ushbu masala yuzasidan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibga ko‘ra talabalarga stipendiyani to‘lab berish choralari ko‘rilyapti.

Hozirgi holatda klinik ordinaturaning o‘quv jarayonlari natijalariga ko‘ra, ko‘pchilik 1-kurs klinik ordinatorlari yillik attestatsiyasidan o‘ta olmagani sababli, ularga bir necha marotaba qayta topshirishga imkoniyat berilgan. Ular yillik attestatsiyasidan o‘tishi uchun so‘nggi marotaba 2025-yil 8-noyabr imtihon topshirgan.

Bugungi kunda, attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan va qarzdorlikni bartaraf etgan klinik ordinatorlarni navbatdagi kursga (1-kursdan 2-kursga) o‘tkazish hamda ularga stipendiya tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlar rasmiylashtirildi va o‘rnatilgan tartibda stipendiya to‘lovlari to‘liq amalga oshiriladi.

Klinik ordinatura to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, akademik qarzdorligi mavjud bo‘lgan klinik ordinatorlarga stipendiya to‘lovlari amalga oshirilmaydi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Klinik ordinatura to‘g‘risidagi Nizomining 40-bandiga muvofiq, joriy o‘quv yilidagi o‘qitish dasturi tugallangandan keyin, attestatsiya natijalariga muvofiq, bilimlar va ko‘nikmalarning reyting nazoratini hisobga olgan holda, attestatsiya komissiyasi tomonidan klinik ordinatorlarni navbatdagi kursga o‘tkazish, o‘qishdan chetlashtirish yoki klinik ordinaturani tugatganlik to‘g‘risida qaror qabul qilinishi belgilangan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan