Doktorantura imtihoni haqida e’lon

Hurmatli rahbar xodim, kafedra mudirlari, ilmiy rahbarlar va talabgorlar!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22-maydagi 304-sonli (https://lex.uz/ru/docs/3213410) qaroriga muvofiq, 2026 yil uchun tibbiyot ixtisosliklari bo‘yicha doktorantura va tayanch doktorantura uchun tasdiqlangan qabul kvotalari asosida imtihonni reja-jadval va tasdiqlangan buyruq asosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

😀 👌 Imtihonlar offlayn formatida (suhbat – mutaxassislik fanlaridan) o‘tkazilishi va imtihon jarayoni to‘liq videokuzatuv asosida,
20-21-noyabrda reja jadval bo‘yicha Toshkent davlat tibbiyot universitetining Bosh o‘quv binosida 7-qavati, 746-xonada (ma’ruza zal) bo‘lib o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Izoh:
✅ 20-noyabr kuni tayanch doktorantura va stajor-tadqiqotchilik (PhD);

✅ 21-noyabr kuni doktorantura (DSc);

✅ Imtihon vaqti – reja jadval bo‘yicha (ilova)

‼️Qo‘shimcha savollar uchun Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Hurmat bilan,
Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, Z.A.Muminova

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan