O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI
“Tibbiyot sohasini rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi tashabbuslar-2025” respublika tanlovi
AXBOROT XATI
Hurmatli o‘quvchilar, talabalar va yosh olimlar!
Sizni 2025-yilning 26-noyabr kunlari o‘tkazilayotgan “Tibbiyot sohasini rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi tashabbuslar-2025” respublika tanloviga taklif qilamiz !
Toshkent davlat tibbiyor uiversitetida tashkil etilayotgan “Tibbiyot sohasini rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi tashabbuslar-2025” respublika tanlovida tibbiyot va farmatsevtika sohasida tahsil olayotgan o‘quvchilar(tibbiyot texnikumlari va akademik litsey) talabalar(bakalavriat talabalari) va yosh olimlar(magistr, klinik ordinator, doktorant va mustaqil izlanuvchilar) 40 yoshgacha bo‘lgan talabgorlar qatnashishlari mumkin.
Tanlov 3 ta toifada xar birida 3 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi:
O‘quvchilar o‘rtasida:
-Raqamli tibbiyot yo‘nalishi;
-Profilaktik tibbiyot yo‘nalishi;
-Klinik tibbiyot yo‘nalishi;
Talabalar o‘rtasida:
-Raqamli tibbiyot yo‘nalishi;
-Profilaktik tibbiyot yo‘nalishi;
-Klinik tibbiyot yo‘nalishi;
Yosh olimlar o‘rtasida:
-Raqamli tibbiyot yo‘nalishi;
-Profilaktik tibbiyot yo‘nalishi;
-Klinik tibbiyot yo‘nalishi;
Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 1-ilovaga muvofiq 2025-yil 21- noyabrga qadar(shu kuni ham) hujjatlar topshirilishi kerak
21-noyabr — arizalarni qabul qilish (online)
22-23-noyabr — tanlovning dastlabki bosqichi: tanlovga kelib tushgan arizalarni texnik ekspertizadan o‘tkazish (online)
26-noyabr — yakuniy bosqichi: texnik ekspertizadan o‘tgan аrizаlаrni va loyihalar taqdimot himoyasi.(offline)
Arizani talablar asosida yuborgan ishtirokchilar texnik expertiza bosqichida belgilangan nizom asosida baholanib yo‘nalishlaming xаr biridan nizomga asosan eng yuqori natijaga erishgan ishtirokchilar yakuniy bosqichga o‘tkaziladi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rin egalari tanlovi g‘olibi hisoblanib ularga diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Hujjat topshirish uchun havola: Ariza namunasi (1ilova)
O‘quvchilar https://forms.gle/9LRd1ddWVPBXvEjC7



