“Yosh nevrologlar maktabining” 15 yilligiga bag’ishlangan xalqaro yosh olimlar konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Insult va miya qon tomir kasalliklari

Shu yilning 14-Noyabr sanasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi hamda Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda “Yosh nevrologlar maktabi”ning 15 yilligiga bag‘ishlangan “Nevrologiyaning dolzarb muammolari” nomli  nufuzli  xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Konferensiya doirasida bo’lajak olimlarning nevrologiyaning dolzarb muammolariga bag’ishlangan  ilmiy ma’ruzalari  tinglandi. Ilmiy loyihalarda sun’iy intellektning o’rni va nevrologik kasalliklarni diagnostika qilishdagi ahamiyati kabi ma’ruzalar hakamlar hay’ati va yeg’ilganlarning e’tiborini jalb qila oldi. Ma’ruzalar saviyasining yuqoriligi, yildan yilga oshib borayotganini ana shu anjuman yana bir bor isbotladi.

Tadbirning ijtimoiy  mohiyati— kafedra mudiri Raximbayeva Gulnara Sattarovnaning kata jamoasi  va “Yosh nevrologlar maktabi” rahbari professor Yakubova Marhamat Mirakramovna tomonidan shakllantirilgan ustoz–shogird an’analarining izchil davom etayotgani, yosh mutaxassislarning ilmiy maktabga keng jalb qilinayotganidir. Ushbu an’ana 15 yil mobaynida yuzlab shogirdlar yetishib chiqishiga, nevrologiya yo‘nalishida yangi g‘oyalar paydo bo‘lishiga zamin yaratdi.

“Yosh nevrologlar maktabi”ning eng e’tiborli jihatlaridan biri — uning to‘la jamoatchilik asosida faoliyat yuritishidir

Konferensiya ilmiy aloqalarni mustahkamlab, yosh olimlar uchun platforma yaratdi va mamlakat nevrologiyasida ilmiy istiqbollarni belgilab beruvchi muhim maydonga aylandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan