Insult va miya qon tomir kasalliklariga qarshikurashishning yangi yo‘nalishlari gabag’ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

Insult va miya qon tomir kasalliklariga qarshikurashishning yangi yo‘nalishlari

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Nevrologiya vatibbiy psixologiya kafedrasi  tashabbusi bilan “O‘tkirva surunkali serebrovaskulyar kasalliklar sohasidagizamonaviy yondashuvlar va dolzarb ilmiytadqiqotlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliykonferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Oliy ta’lim, fan vainnovatsiyalar vazirligi ko‘magida tashkil etildi. Konferensiyaning asosiy maqsadi — multifokalateroskleroz va qon aylanish tizimi kasalliklaribo‘yicha amalga oshirilayotgan ilmiy grant natijalarinimuhokama qilish, shuningdek, insult va miya qontomir kasalliklarini erta aniqlash, oldini olish hamdasamarali davolash bo‘yicha eng so‘nggi ilmiyyutuqlarni taqdim etishdan iborat. Muammoning dolzarbligi shundaki, miya qon tomirkasalliklari butun dunyo bo‘ylab aholining o‘limi vanogironligining yetakchi sabablardan biri hisoblanadi. Sog‘lom turmush tarziga e’tibor ortayotganigaqaramay, metabolik sindrom, gipertoniya vaaterosklerozning ko‘payishi insultning “yosharishi”gaolib kelmoqda. Shu bois, tibbiyotda yangi diagnostikva reabilitatsion texnologiyalarni joriy etish hayotiyzaruratdir. Konferensiyada yetakchi mahalliy va xorijiy olimlar, soha mutaxassislari, amaliyotchi shifokorlar, sog‘liqni saqlash tizimi hamda oliy ta’limmuassasalari vakillari ishtirok etmoqda. Ulartomonidan serebrovaskulyar kasalliklarningpatogenezi, yallig‘lanish jarayonlarining roli, ertatashxis qo‘yish usullari, innovatsion terapiya vaneyroreabilitatsiya masalalari yuzasidan ma’ruzalartinglandi. Tadbir doirasida insultning oldini olish, bemorlarninghayot sifatini oshirish, shuningdek, ilmiy hamkorlikva qo‘shma tadqiqot loyihalarini rivojlantirishbo‘yicha takliflar qabul qilindi. Ushbu tadbir nafaqat soha mutaxassislari uchun ilmiymuloqot maydoni, balki O‘zbekiston tibbiyotidayangi bosqich — nevrologiya va qon aylanish tizimikasalliklariga qarshi kurashishda innovatsionyondashuvlarni amaliyotga joriy etish jarayoniningboshlanishi sifatida ahamiyat kasb etadi.

Insult va miya qon tomir kasalliklariga qarshikurashishning yangi yo‘nalishlari Insult va miya qon tomir kasalliklariga qarshikurashishning yangi yo‘nalishlari.

Insult va miya qon tomir kasalliklariga qarshikurashishning yangi yo‘nalishlari Insult va miya qon tomir kasalliklariga qarshikurashishning yangi yo‘nalishlari

Insult va miya qon tomir kasalliklariga qarshikurashishning yangi yo‘nalishlari Insult va miya qon tomir kasalliklariga qarshikurashishning yangi yo‘nalishlari

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan