Doktorantura imtihonlari bo’lib o’tadi

Hurmatli rahbar xodim, kafedra mudirlari, ilmiy rahbarlar va tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanuvchilar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori (https://lex.uz/ru/docs/3213410) hamda Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori bilan tasdiqlangan «Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom», tasdiqlagan komissiyalari tarkibi va dasturlari asosida mutaxassislik fanlari va chet tillari bo‘yicha navbatdagi malakaviy imtihonlar (rejaga asosan)

Toshkent davlat tibbiyot universitetining Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga hujjatlarni joriy yil 5-dekabrga qadar taqdim qilgan ilmiy izlanuvchilarga (PhD) joriy yil 10-dekabr kuni 10.00 xorijiy tili (ingliz, nemis va boshqa xorijiy tillar) va 11-12-dekabr kunlari 10.00dan mutaxassislik fanlaridan (reja jadval ilovaga asosan) malakaviy imtihonlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Malakaviy imtihonlar Bosh o‘quv binoning 7-qavati, 746-xonada (ma’ruza zali) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

📍 Manzil:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 2-uy.

E’tibor uchun muhim!

❗️ Talabgorlar imtihonga shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida kiritiladi.

‼️ Imtihon videokuzatuv ostida o‘tkaziladi va uning hisobotlari rahbariyatga taqdim etiladi.

❕ Imtihonga vaqtida (sababsiz) kelmagan talabgor belgilangan tartibga muvofiq chetlashtirilishi haqida ogohlantiriladi.

Hurmat bilan,
Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Z.A.Muminova

MALAKAVIY IMTIHON IXTISOSLIKLAR 11-12-dekabr.pdf

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan