Toshkent davlat tibbiyot universitetida oliy tibbiy ta’limni raqamlashtirish va sun’iy intellektga bag‘ishlangan o‘quv-uslubiy anjuman bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Oliy tibbiy ta’limni rivojlantirishda raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlari, erishilgan yutuqlar” mavzusidagi o‘quv-uslubiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori Alisher Abdullayev, Yangi O‘zbekiston universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Bahodir Ahmedov, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan