JARROHLIK AMALIYOTIDAGI DAVOLASH MUAMMOLARIDA XIRURGIK INFEKSIYASIGA BAG`ISHLANGAN XALQARO VEBINAR bo’lib o’tdi…

JARROHLIK AMALIYOTIDAGI DAVOLASH MUAMMOLARIDA XIRURGIK INFEKSIYASIGA BAG`ISHLANGAN XALQARO VEBINAR

“Raqobatdosh bo’lishni xohlagan taraqqiyotga intilayotgan mamlakat, diqqatni ilmga yo’naltirishi kerak. Mamlakatni progressiv, innovatsion tarzda rivojlantirishimiz kerak «- Shavkat Mirziyoyev”. 10.02.2021 yil soat 14.00 da 1- Umumiy va bolalar xirurgiyasi kafedrasi tomonidan “Jarrohlik amaliyotlaridan so`ng xirurgik infeksiyani davolashda mahalliy boshqariladigan manfiy bosim qo`llanilishi” ga bag`ishlangan Xalqaro Veb-seminar bo’lib o’tdi. Vebinar spikeri Sankt-Peterburg shaxri, N.N.Petrov nomidagi milliy tibbiy tadqiqot tekshiruv jarrohlik onkologiya markazi ilmiy bo`lim mudiri prof. N.F.Krotov

Ushbu veb-seminar bemorlarni davolash jarayonidagi xirurgik operatsiyadan keyingi turli xil asoratlarga innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo`li orqali salbiy bosim qo`llashga bag`ishlangan. Veb-seminarda Rossiya vakillari bo’lgan 100 ta ishtirokchi qatnashdilar. Kurs qatnashchilari: Ukraina, Germaniya, Respublika onkologiya markazi mutaxassislari, mintaqaviy jarrohlar. O’zbekiston Respublikasi (Buxoro, Samarqand, Xorazm, Farg’ona, Namangan), TMA va talabalarda malaka oshirish markazlari;

Veb-seminar davomida professor N.F.Krotov salbiy bosim sababli jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarini davolashda o`z tajribasi bilan o`rtoqlashdi. Muhokama davomida mutaxassislar. VAC-terapiyasidan foydalanish bo’yicha tajriba almashdilar va jarrohlik infektsiyani rivojlanishining og’ir klinik holatlarini muntazam ravishda muhokama qilish to`g`risida seminar o’tkazishga qaror qilindi.

Veb-seminar materiallari bilan http://tma.uz veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan