TTA Urganch filialida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi Kadrlar bo’limi boshlig’i A.N.Boliyev hamda «Harbiy dala terapiyasi» kafedrasi boshlig’i A.R.Nurmurodov ishtirokida filialda tahsil olayotgan “Davolash” fakultetining 5-bosqich talabalari hamda “Tibbiy profilaktika, Sog‘liqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar” fakultetining 4-bosqich talabalarini harbiy sohaga yo’naltirishga qaratilgan targ’ibot tadbiri o’tkazildi.
Tadbirda akademiya hayoti, talaba-yoshlarga yaratilgan imkoniyat va sharoitlar, akademiya ta’lim dasturi hamda o’quv va o’quv-amaliy mashg’ulotlarning o’tkazilish tartibi xususida batafsil ma’lumotlar berilib, talabalarni qiziqtirgan savollar yuzasidan tushintirishlar berib o’tildi.