Qandli diabet fonidagi yumshoq to’qimalar infekstiyasini xirurgik davolash muammolariga bag`ishlangan vebinar.

Qandli diabet fonidagi yumshoq to’qimalar infekstiyasini xirurgik davolash muammolariga bag`ishlangan vebinar.

«Yigirmanchi asr davomida, texnologik kashfiyotlar tibbiyotga jiddiy o’zgarishlar kiritdi. Ularning vazifasi aniq: davolash bo’yicha yangi texnologiyalar, profilaktika va diagnostika jarrohlik amaliyotidan qochishga vaziyat yaratib beradi va shu builan birga tiklanish muddatini qisqartirishga va davolanishning salbiy oqibatlari xavfini kamaytirishga imkon beradi.»

27.04.2021 yil soat 14.00 da 1-son Umumiy va bolalar xirurgiyasi kafedrasi «Yaralarni davolashda innovatsion texnologiyalar» mavzusiga bag’ishlangan xalqaro ishtirokida veb-seminar o’tkazdi.

Vebinar TMA ko’p tarmoqli klinikasi negizida Qandli diabetning yiringli jarrohlik va jarrohlik asoratlari markazida tashkil etildi.

Vebinar mavzusi asosan qandli diabetga chalingan bemorlarda uchraydigan surunkali yaralarni davolash muammosiga bag’ishlangan. Ma’ruzachi, dotsent Qosimov Ulug’bek Qo`rqmasovich ushbu patologiyaga chalingan bemorlarni davolashdagi zamonaviy muammolarga to’xtalib o’tdi, ularning xususiyatlari va davolashda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyatlarini ta’kidladi.

Veb-seminarda respublika viloyatlarining jarrohlik infektsiyalari sohasidagi mutaxassislari (Buxoro, Samarqand, Namangan), Respublika Sog’liqni Saqlash Vazirligi Endokrinologiya RSNPMC, doktor Omar Abou Chakra (tibbiyot va marketing bo’yicha direktor, USGP, Amerika Qo’shma Shtatlari, TX), doktor Rami Jarrav va TMA va TMA talabalarining malaka oshirish kurslari talabalari ishtrok etishdi.

Vebinar davomida Qosimov U.K. savollariga javob berdi va veb-seminar ishtirokchilari ushbu patologiyaga chalingan bemorlarni davolash bo’yicha o’zaro tajriba almashdilar.

 

Veb-seminar materiallari bilan veb-saytda tanishishingiz mumkin: http://tma.uz.

One Reply to “Qandli diabet fonidagi yumshoq to’qimalar infekstiyasini xirurgik davolash muammolariga bag`ishlangan vebinar.”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan