“Baxtim shul-o‘zbekning Zulfiyasiman” hujjatli filmi premerasi bo’lib o’tdi

18 sentyabr kuni soat 18:00 da Аdiblar xiyobonida Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi  Kinematografiya agentligi   suratga olingan “Baxtim shul o‘zbekning Zulfiyasiman” hujjatli filmi premerasi bo’lib o’tdi.  Kinokartina O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan. Tadbirda TTА rektori А.K.Shadmanov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori T.А.Bobomuratov, professor-o‘qituvchilar, fakultet dekan muovinlari va akademiyaning iqtidorli talabalari ishtirok etdilar.

Premeradan avval, akademiya rektori hamda professor o‘qituvchilari  va   talabalari shoira Zulfiyaxonim haykali poyiga gulchambar qo‘ydilar. Shundan so’ng Toshkent tibbiyot akademiyasi ijodkor talabalari tomonidan tayyorlangan maxsus madaniy dastur namoyish etildi.  Talabalar ijrosidagi musiqiy chiqishlar hamda sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlar ko‘ngliga iliqlik bag‘ishladi. Film stenariy muallifi Shuhrat Rizaev, rejissyor Navro‘za Biynazova, aktyorlar Lola Eltoyeva, Shahnoza Hojimurodova, Аnisa Mansurova va boshqalar maʼrifiy tadbirda ishtirok etib filmni suratga olish jarayonlari haqida fikr yuritdilar. Shu o‘rinda Toshkent tibbiyot akademiyasi raxbariyatiga minnatdorchilik bildirdilar.

   

   

 

   

    

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Sh.T.Beknazarova

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan