2021 yil 29 sentyabr soat 14:00 da litsey hududidagi majlislar zalida Toshkent tibbiyot akademiyasining Ilmiy kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladi

KUN TARTIBI:

1. 2020-2021 o‘quv yili bahorgi semestr yakuni bo‘yicha talabalarning fanlarni o‘zlashtirish natijalari tahlili hamda TTA kafedralarining o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etilishi, o‘quv rejadagi fanlar bloki va mavzular tahlili.
Ma’ruzachi – O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Boymurodov Shuxrat Abdujalilovich.

2. Bitiruvchilarni ishga taqsimoti natijalari, ularni monitoringi.
Ma’ruzachi – Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Inakov Sherzodbek Alishyerovich.

3. Professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida lavozim va ilmiy unvonlarga saylash.
Ma’ruzachi – Komissiya raisi.

4. Dissyertasiya, monografiya va o‘quv-uslubiy ishlar mavzularini tasdiqlash.
Ma’ruzachi – Kengash kotibi Ismailova Guli Amindjanovna.

5. Turli masalalar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan