Toshkent tibbiyot akademiyasida  “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi

O‘qituvchilik azal – azaldan e’tiborli kasb xisoblanadi. Dunyoning xech qaysi mamlakatida o‘qituvchi – murabbiylarga nisbatan bu qadar e’tibor qaratilmagan. Mamlakatimizda Respublikamiz Prezidentining Farmoni bilan 1997 yildan boshlab 1 oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”  bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasida  “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan milliy ma’naviyat va madaniyatni yuksaltirish, respublikaning ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, intellektual, ma’naviy salohiyatini oshirish, sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga katta hissa qo‘shayotgan, yosh avlodni vatanparvarlik va milliy istiqlol  g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida halol mehnati bilan katta yutuqlarga erishgan, tibbiyot, fan va texnika sohasidagi kashfiyot va ixtirolari, sog‘liqni saqlash tizimi uchun ilmiy kadrlar va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdagi xizmatlari, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning hurmatiga sazovor bo‘lgan 40 nafar professor-o‘qituvchi va xodimlar O‘zbekiston respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

        

             

         

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan