O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi
Toshkent Tibbiyot Akamediyasi
O’zbekiston Otorinolaringologlari ja’miyati
Axborot hati
2021 yil 12-13 oktyabr kunlari Toshkent tibbiyot akademiyasida «Otorinolaringologiyaning zamonaviy muammolari va istiqbollari» 1-O’zbekiston-Italiya ilmiy konferentsiyasi bo’lib o’tadi.
Konferentsiyada mahalliy va xorijiy universitetlar, ilmiy -tadqiqot institutlari professor -o’qituvchilari ishtirok etishlari mumkin; tadqiqotchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, tadqiqotchi – stajyorlar, magistrantlar, bakalavrlar va otorinolaringologiya mutaxassislari ham taklif qilinadi.
Ilmiy konferentsiyaning asosiy yo’nalishlari:
Otorinolaringologiyada tibbiy asbob -uskunalar va texnologiyalar.
LOR-kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari.
Otorinolaringologiyada endoskopiya yutuqlari.
Konferentsiya oflayn rejimda o’tkaziladi. Konferentsiya tili – ingliz tili
Konferentsiyaning birinchi kuni mehmonlar otorinolaringologiyaning asosiy yo’nalishlari bo’yicha ma’ruzalar va taqdimotlar turkumiga bag’ishlanadi va «O’zbekistan» mehmonxonasining konferentsiya -zalida bo’lib o’tadi. Vaqt 11.00-18.00
Konferensiyaning ikkinchi kuni «CHINOR» tibbiyot ko’p tarmoqli markazida bo’lib o’tadi va savol-javob shaklida operatsiyalar va munozaralar master-klassi o’tkaziladi. Vaqt 09.00 – 17.00
Konferentsiya doirasida otorinolaringologiya sohasidagi etakchi kompaniyalar uskunalari va dori – darmonlari ko’rgazmalari tashkil etiladi.
Ilmiy konferentsiya o’tkaziladigan joy:
1 -kun – «O’zbekiston» mehmonxonasi Manzil: Toshkent shahri, Mirzamahmud Musaxonov ko’chasi 45;
Telefon: +998 946768585
2 -kun – «CHINOR» tibbiy markazi. Manzil: Toshkent shahri, Qamashi ko’chasi, 1, 5; telefon + 998-555-000-556 yoki + 998-555-033-334
Konferentsiyaning joy cheklanganligi (100 o’rin) tufayli oldindan ro’yxatdan o’ting va ishtirok etish uchun ariza bering.
https://docs.google.com/forms/d/17NWJIo5lkgYTuFmmZ1EMTRWVvThIXPURph5RUbJDwAE/edit#responses