TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI 1- XALQARO OLIMPIYADAGA MEZBONLIK QILDI.

Raqobatbardosh, erkin fikrlay oladigan, qobiliyatli  zamonaviy shifokorlarni tarbiyalashda bugungi singari olimpiadalarning o‘rni  naqadar muhimligi hususida  mulohazalar bildirildi.  Mazkur olimpiada jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 11 ta tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan bir qatorda MDH davlatlari tibbiyot oliygohlari talabalar jamoalari  ishtirok etdilar.

Bir vaqtning  o‘zida Toshkent tibbiyot akademiyasining klinik bazalari va kafedralarida amaliy ko’nikmalar sinovdan o‘tkazildi. Olimpiadaning 1-kuni jamoalar simulyator robotlar, fantom va manekenlarda yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni namoyish etadilar. Dastavval “TIBBIYOT MOHIRLARI”  deb nomlangan olimpiadaning ochilish marosimi o‘tkazildi. Tantanali tadbirda  so‘z olganlar O‘zbekiston Respublikasi oliy tibbiyot yurtlari  zimmasidagi yuksak va sharafli mas’uliyat to‘g‘risida gapirdilar. Ayni daqiqalarda “Tibbiyot  mohirlari” nomi  bilan  26 oktyabr  Toshkent  tibbiyot akademiyasida  start olgan  1- xalqaro  olimpiadaning yakuniy    yopilish marosimi  o‘tkazilyapti. Ikki kun davomida tashkil etilgan tadbirlarda ta’kidlanganidek,  bilimlar sinovi  yakun topmadi,  aksincha  endi bu  amaliy  ko‘nikmalardan olingan  saboqlar  ishtirokchilarning  ilmiy  muloqotlari,  do‘stona  munosabatlarida  uzoq yillar  davom  etadi.

Shundan so‘ng  tadbirning  eng  hayajonli unitilmas daqiqalari boshlandi. Sahnada talabalarning olqishlari bilan  Toshkent tibbiyot akademiyasi   professorlari tomonidan  olimpiadaning  barcha  yo‘nalishlarida faol ishtirok  etib  samarali natijalarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar taqdirlandilar. E’lon qilingan nominatsiyalar bo‘yicha  g‘oliblar nomi birma-bir e’tirof  etilib,  esdalik. Sovg‘alar va faxriy  yorliqlar topshirildi. Biz navbatdagi sahifalarimizda  «Tibbiyot Mohirlari»  1- xalqaro olimpiadasi g‘oliblari nomini alohida e’tirof  etamiz.

                

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan