Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy merosini o‘rganish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Buyuk mutafakkir shoir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy va Boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy merosini o‘rganish” mavzusida 4-talabalar turar joyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilgan. Tadbirlar joriy yilning 7-fevralidan 14-fevral kunigacha barcha fakultetlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi professor-o’qituvchilari 7 fevral kuni 4-talabalar turar joyida “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy merosini o‘rganish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o’qituvchisi K.X.Avilova  Zahiriddin Muhammad Boburning g’azallaridan parchalar keltirib tadbirni ochib berdi. Tadbir davomida talabalar e’tiboriga Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va adabiy merosiga bag’ishlangan video lavhalar namoyish etildi.  Jahon tamaddunida Boburiylarning tutgan o’rni va adabiyotga qo’shgan hissasi haqida bir qator ma’umotlarni berilar ekan, talabalarning nafaqat o’zbek tilida xorijiy tillarda ham buyuk bobokolonlarimiz Alisher Navoiy hazratlari va Zahiriddin Muhammad Boburlarning ijodini o’rganishga qiziqishi ortib borganini ko’rishimiz mumkin. Talabalarning o’zlari ham  Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning asarlaridan monologlar, g’azallaridan parchalar o’qib she’riyatga qanchalik qiziqishlari yuqori ekanligini namoyish qildilar.

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan