AXBOROT XATI

“Toshkent tibbiyot akademiyasiga 100 yil – buyuk
ishlar va yangi kashfiyotlar davri”
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

Hurmatli hamkasblar!

Toshkent tibbiyot akademiyasi sizlarni 2022 yil ____ mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Toshkent tibbiyot akademiyasiga 100 yil – buyuk ishlar va yangi kashfiyotlar davri” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif qiladi. Konferensiya miqyosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish rejalashtirilgan:
1. Xirurgiyaning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari.
2. Noinfeksion kasalliklarni tashhislash, davolash va profilaktika ishlaridagi
innovatsiyalar.
3. Tibbiy ta’lim tizimida fundamental fanlar xizmati va ahamiyati.
4. Profilaktik tibbiyotning zamonaviy muammolari.
Konferensiya problematikasi bo‘yicha tezislarning elektron to‘plami va
Toshkent tibbiyot akademiyasi xabarnomasi ilmiy-amaliy jurnalda maqolalar chop etilishi rejalashtirilgan (bepul). To‘plam mazmuni seksiyalar tematikasiga binoan shakllantiriladi.
Rasmiy tillar: o‘zbek, rus, ingliz.
Konferensiyada qatnashish shakllari – og‘zaki (ma’ruza bilan ishtirok etish)
va sirtdan (tezislar va maqaolalarni chop qilish)
.
Konferensiyada ishtirok etish uchun materiallar
2022 yilning 5 mart kunigacha qabul qilinadi.
Tezislarni quyidagi manzilga yuborish shart:
E-mail: tma.medconf@gmail.com
Tezislar quyidagi talablarga mos tarzda rasmiylashtirilishi lozim:

Matn Microsoft Word 2007 matn redaktorida, Times New Roman shriftida
terilishi kerak, shrift o‘lchami 12, oraliq interval – 1,0, maydon chegarasi hamma
tomondan 2 sm, tezis hajmi 1 betdan oshmasligi zarur. Tezis matnida rasmlar,
sxemalar, jadvallar, grafik va adabiyotlar ruyxati bo‘lmasligi kerak.
Matnning varaqdagi joylashishi:
1-qator – tezis nomi (bosh harflar bilan);
2-qator – muallif FISh;
3-qator – ish bajarilgan muassasa, shahar, mamlakat nomi;
4-qator – tezis matni.

TEZISLARGA NAMUNA
KORONOVIRUSDAN KEYIN BEMORLARNI REABILITASIYA QILIShDA
INNOVASION TEXNOLOGIYALARNING QO’LLANILIShI
Nasimov A.A.
Toshkent tibbiyot akademiyasi, O’zbekiston

Tezis matni

………………………………………………………………………………………………………….
………………………………………………………………………………………………………….
Maqolalarni shakllantirish talablari:
1. Maqola matni
A4 formatda, Times New Roman, 12 shriftda 1 intervalda
terilishi kerak, maydon chegaralari har tomondan 2 sm, maqolaning asosiy
matni kengligi bo‘yicha to‘g‘rilanadi; o‘zbek, rus va ingliz tillarida.
2. Original maqolalar hajmi, jadvallarni, rasmlarni, adabiyotlarni va rezyumeni
qo‘shgan holda, 5-8 betdan oshmasligi lozim.
3. Nashr ma’lumotlarida ko‘rsatiladi: ish nomlanishi, mualliflar familiyalari,
ismlari va otasi ismlari bosh harflari (maqolada va adabiyotlar ruyxatida ism va
otasining ismi familiyadan keyin keltirilishi kerak); ish bajarilgan muassasa
nomi; shahar.
4. Maqola puxtalik bilan tekshirilgan bo‘lishi,
dolzarblik, tadqiqot maqsadi,
material va uslublar, natijalar va muhokama, xulosalar
kabi bo‘limlarga
ajratilgan holda tuzilishi kerak. Maqola yozilishi aniq, tushunarli, uzun tarixiy
muqqadimasiz bo‘lishi lozim. So‘zlar, atamalar, nomlar qisqartmalariga ruxsat
berilmaydi (umumqabul qilinganlardan tashqari).
5. Maqolada asli manbaga oid adabiyotlar ruyxati qo‘shilishi kerak, u quyidagicha
shakllantiriladi:
Manbalar (10 tadan ko‘p bo‘lmagan) dastlab mamlakatimiz, keyin xorijiy mualliflar familiyalari, ismlari va otasining ismlari ko‘rsatilgan holda alfavit tartibda keltiriladi. Kitoblar, jurnal maqolalari, chop qilingan joy, nashriyot, nashr yili, chop qilish jildi va nomeri, betlar “dan” “gacha” to‘liq ko‘rsatiladi. Mamlakatimiz mualliflarining xorijiy tillarda chop qilingan ishlari xorijiy mualliflar ishlari orasida umumiy alfavit tartibida ko‘rsatiladi, rus yoki o‘zbek tilida chop qilingan xorijiy mualliflar ishlari esa mamlakatimiz mualliflari ishlarining umumiy alfavit tartibida keltiriladi. Barcha manbalar raqamlangan bo‘lishi kerak, ularning raqamlari esa maqola matnidagi raqamlarga qat’iy mos bo‘lishi shart.

Original maqolaga quyidagilar ilova qilinishi lozim: UO’T (maqolaning tartib
raqami), barcha mualliflar familiyalari ko‘rsatilgan ½ bet hajmdagi rus, ingliz
tillaridagi rezyume (maqolaning qisqacha mazmuni), shuningdek kalit so‘zlar (5-6
tadan kam bo‘lmagan), asosiy muallifning aloqa ma’lumotlari.
Bitta muallifdan monomualliflik yoki hammualliflikda tayyorlangan 2 tadan
ko‘p bo‘lmagan maqolalar muhokama uchun qabul qilinadi.
 

Tezislar va maqolalarni taqdim qilishning oxirgi muddati: 2022 yil 5 mart.

Toshkent tibbiyot akademiyasiga 100 yil – buyuk ishlar va yangi
ashfiyotlar davri
  mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkiliy qo‘mita sizlardan ishtirokchini ruyxatga olish shaklini to‘ldirish va bizlarga jo‘natishni so‘raydi.

Ishtirokchini ruyxatga olish shakli:

Yo‘nalish
FISH
Ish joyi
Lavozimi
Ilmiy darajasi
Indeks ko‘rsatilgan xizmat manzili
Aloqa uchun telefon raqami
E-mail
Ma’ruza nomi
Ma’ruzachi FISH
Sizning ma’ruzangiz uchun qanday
namoyish jihozlar zarur?
Sizning konferensiyada ishtirok
etishingizning taxminiy mo‘ljali:
– ma’ruza ko‘rinishida chiqish
– tezislar, maqolalar chop qilish

Elektron pochta orqali murojaat qilganda tezislar qo‘shilgan fayl ko‘rinishida yuboriladi, “Mavzu” grafasida “Konferensiya tezislari” deb ko‘rsatish kerak qo‘shilgan fayl – birinchi muallif familiyasi bilan nomlanadi, masalan:«nasimov.doc» (agar 2 ta tezis taqdim qilingan bo‘lsa: «nasimov1.doc»,»nasimov2.doc»).
Tezislar ishtirokchilarni ruyxatga olish shakli (1-ilova) to‘ldirilgandagina
qabul qilinadi, u ham tezis bilan birga (ikkinchi betda) bizning elektron
manzilimizga yuborilishi shart.
Konferensiyaga kelish va unda ishtirok qilish (
ma’ruza bilan chiqish) haqida
tashkiliy qo‘mitaga
2022 yilning 5 mart kunidan kechikmasdan xabar berishingizni
so‘raymiz.
Talablarga javob bermaydigan tezislar ko‘rib chiqilmaydi.
Tashkiliy qo‘mita manzili: 100047, Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Farobiy ko‘chasi, 2 uy.
Aloqa uchun ma’lumotlar:

1- va 2- yo‘nalish uchun +998(90)189-45-11 Visogortseva Olga Nikolayevna,
3-yo‘nalish uchun +998(97)765-91-31 Gulmanov Ilich Djumabayevich,
4-yo‘nalish uchun: +998901751256, +998998651352 Urazaliyeva Ilmira Ravkatovna

AXBOROT XATI

Translate: Eng Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan