Toshkent tibbiyot akademiyasida 2022-yil 20 aprel kuni sining 2-kafedralararo saralash bosqichining talabalar ilmiy jamiyati anjumani bo‘lib o‘tdi. TTA bakalavriyat bosqichi talabalari Talabalar ilmiy anjumanining quyidagi 12 sektsiya bo‘yicha ilmiy ma’ruzalari tanlovida ishtirok etishdi. Jumladan: I seksiya – «Ichki kasalliklarning dolzarb muammolari», II seksiya – «Terapiyadagi yangi yondashuvlar», III seksiya – «Jarrohlik kasaliklarining zamonaviy jihatlari», IV seksiya – «Jarrohlik patologiyalarning dolzarb muammolari», V seksiya – «Nevrologiyaning dolzarb muammolari», VI. seksiya – “Akusherlik va ginekologiyaning dolzarb masalalari”, VII Seksiya- «Zamonaviy pediatriyaning yutiqlari», VIII seksiya-«Diagnostikada innivasion `yondashuvlar», IX seksiya-«Morfologiyaning dolzarb muammolari», X Seksiya-«Patologiyaning zamonaviy jihatlari», XI seksiya-«Ijtimoiy-gumanitar fanlar», XII seksiya-«Tibbiy profilak – tikaning dolzarb muammolari». 2-kafedralar aro saralash bosqichida 1-,2-,3- o‘rin egallagan TTA talabalari may oyida o‘tkaziladigan II Xalqaro talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishi imkoniyatiga ega bo‘lishdi.