Kontrakt to’lovi haqidagi mish-mishlalga TTA prorektori Shuhrat Boymuradovning munosabati

Kontrakt

Ijtimoiy tarmoq va veb-saytlarda tarqalayotgan Toshkent tibbiyot akademiyasining oshirilgan kontrakt narxi bo’yicha, (https://t.me/tta_talabalar/2730) Toshkent tibbiyot akademiyasi o’quv ishlari bo’yicha prorektori Boymuradov Shuhrat Abdujalilovich izoh berib o’tdi.

TTA moliyaviy mustaqillikka erishgani munosabati bilan kontrakt narxini o’zi belgilaydi. Bu yildan oshirilgan kontrakt narxi faqat 2022-2023-o’quv yilidan boshlab qabul qilingan TTA talabalari uchun amal qiladi. 2 va undan yuqori kurs talabalari esa davlat tomonidan belgilangan(avvalgi) narx bo’yicha kontrakt to’laydi.

Murojaatda prorektor Boymuradov Sh.A. talabalar va ularning ota-onalariga ijtimoiy tarmoq va veb-saytlardagi har xil habarlarga ishonmaslikka chaqirdi hamda murojaatda aytilgan gaplarni haqiqiy va asosli deb hisoblashni aytib o’tdi.

@TTA_TALABALAR

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan