Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalarini ta’limdan bo’sh vaqtdagi bandligini ta’minlash maqsadida muntazam mehnat yarmarkalari tashkil etilmoqda. Shuning natijasida 25 nafar talaba qizlar Shayxontohur tumanidagi 45-oilaviy poliklinikada patronaj hamshirasi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Kuni kecha, ushbu poliklinikada «Shifokorlar va tibbiyot xodimlari» kuni munosabati bilan TTA talabalari ishtirokida bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda, 45-poliklinika ma’muriyati, tibbiy xodimlari jamoasi, bundan tashqari, yoshlar bilan ishlash bo’yicha masul xodim, tyutorlar hamda hududdagi mahallla fuqorolik yig’ini raislari ishtirok etdi. Ko’tarinki ruhda bo’lib o’tgan tadbirda talabalar tomonidan sahna ko’rinishlari, kuy-qo’shiqlar ijro etildi.