Bugungi kunda jamiyatimizda uchrab turayotgan bir noxush holat borki uni bartaraf etishda barchamiz birlashishimiz lozim. Bu ham boʼlsa xotin-qizlarning zoʼravonlik va tazyiqqa uchrashishini oldini olish, aytish lozim boʼlsa bunday xolatlarga umuman yoʼl qoʼymaslikdir. Davlatimiz rahbarining shaxsiy tashabbuslari bilan soʼngi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy xujjatlar qabul qilindi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 2 sentyabrida qabul qilingan «Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish toʼgʼrisida»gi Qonuni hamda BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan «25 noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zoʼravonlikka barham berish xalqaro kuni» deb eʼtirof etilgani munosabati 2022 yilning 24 noyabr sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasining 5-son talabalar turar joyida talaba qizlarimiz ishtirokida «Biz – zoʼravonlikka qarshimiz!» mavzusidagi davra suxbati bo`lib o`tdi.
Davra suxbatida Toshkent tibbiyot akademiyasi xotin-qizlar ishlari boʼyicha rektor maslahatchisi, t.f.d., professor Gulnara Sattarovna Rahimbaeva, Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi qoshida zoʼravonlikdan jabr koʼrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʼz joniga qasd qilishni oldini olish uchun tashkil etilgan «1146» ishonch telefonida xizmat koʼrsatuvchi 1-toifali supervayzeri Ismoilova Nigora Sadirxanovna, malakali mataxassis Yaqubhodjayeva Fazilatxon Dalabayevnalar, «Nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasi» professori, tibbiy psixologiya kursi mudiri Zarifboy Radjabovich Ibodullaev xamda tibbiy psixologiya kursi assistentlari, PhD – R.B.Polvanov, PhD – S.А.Karaxanova, N.M.Maxamatjanova, S.T.Yusupxodjaeva, S.Sh.Gafurova, D.Z.Аmirjanovalar, Odam anatomiyasi va OXTА kafedrasi dotsenti, t.f.d., 2-son davolash fakulteti xotin qizlar ishlari boʼyicha masʼul Axmedova Sayyora Maxamadovna, ТТА tyutorlar bo`limi boshligi Anvar Urolovich Aliqulov, tarbiyachi pedagog Alijon Muxtorovich Xudoyberdiyev va №5 sonli TTJ talaba qizlar faol ishtirok etdilar.
Talaba-qizlar oʼrtasida bo`lib o`tgan ochiq muloqot orqali tazʼyiq va zoʼravonlikni oldini olish, unga qarshi kurashish hamda zoʼravonlik xolatlari kuzatilganda koʼrilishi lozim boʼlgan chora-tadbirlar xususida fikr almashindi hamda ruhiy buzulishning belgilarni aytib oʼtildi va psixologik yordam turlari va shakllari, psixologik kuzatib borish, psixologik maslahat, psixoterapiya hamda psixologik treninglarning turlari va oʼtkazish tartiblari borasida kerakli maslaxat va tavsiyalarni berdilar.
Shundan soʼng tyutorlar va talaba-qizlar tomonidan oʼzlarini qiziqtirgan savollar berilib, ularga mutaxassislar tomonidan javoblar boʼldi.