1 dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni 1988 yildan beri har yili 1 dekabrda OITV infektsiyasi tarqalishi natijasida yuzaga kelgan OITS pandemiyasidan xabardorlikni oshirish va kasallikdan vafot etganlarning xotirasiga bag’ishlangan xalqaro kundir. Shu munosabat bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-Davolash fakulteti “Oilaviy tibbiyotda akusherlik va ginekologiya” kafedrasi xodimlari, fakultetning yoshlar bilan ishlash dekan o’rinbosari va tyutorlar bilan birgalikda TTA 7-talabalar turar joyida «Biz OITS tarqalishiga hissa qo’sha olamiz!»shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Butunjahon OITSga qarshi kurash kunining maqsadi OITSdan aziyat chekayotganlar hayotini yaxshilash va o’limga olib kelishi mumkin bo’lgan virusni yo’q qilish bo’yicha keyingi tadqiqotlarga yordam berishdir. Bu kunni belgilash g’oyasi birinchi marta 1987 yil avgust oyida Jeneva (Shveytsariya)dagi Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining OITS bo’yicha global dasturining ikki jamoatchi axborot xodimi Jeyms Bunn va Tomas Netter tomonidan o’ylab topilgan. Tadbir davomida talabalar OITS qanday kasallik, uning yuqish yo’llari va kechishi, asoratlari va profilaktikasi bilan tanishdilar. Tadbirdan ko’zlangan maqsad talabalarning OIV (Odamning imunitet tanqisligi virusi) va OITS (Ortirilgan imunitet tanqisligi sindiromi) kasalligi, uni yuqtirish sabablari hamda oqibatlari haqida keng tushunchalar berib, uning jamiyatda tarqalishi va yuqishida har bir insonning roli katta ekanligini ko’rasatib berishdir. Seminarda ma’lumot berilishicha, UNAIDS bergan ko’rastkichlariga asosan OITV bilan kasallanganlar soni — 2020 yilda dunyo bo’ylab taxminan 37,7 million kishini tashkil etdi. Ulardan 36 millioni kattalar (53%i ayollar va qizlar), 1,7 millioni 0-14 yoshli bolalardir edi. 2020 yil ma’lumotlariga ko’ra, O’zbekistonda ushbu kasallik bilan kasallanganlar soni 58 mingtani tashkil etib, 2020 yilda bu kasallikdan 1000ga yaqin odam o’lganini ko’rsatadi. O’tkazilgan tadbir so’ngida talabalar Blitz – so’rov orqali olgan bilimlarini mustahkamladilar va qiziqtirgan savollariga javob oldilar.