Prezident stipendiyasi sohibasi

Prezident stipendiyasi sohibasi

Toshkent tibbiyot akademiyasining Kardiologiya yo’nalishi bo’yicha bitiruvchi kurs magistr talabasi Mahkamova Munisaxon Majidovna 2022-2023 o’quv yili uchun Prezident stipendiyasi sohibasi bo’ldi. Mahkamova Munisa «MDH yosh olimi-2021” tanlovi g’olibasi, TTA akademik N.M. Majidov nomidagi stipendiya va «Yosh tadqiqotchi» nominatsiyasi hamda 2022-yilgi Xalqaro Kardiologlar kongressi «Yosh olimlar» tanlovida 3-o’rin sohibasi. Bundan tashqari, o’z ilmiy faoliyati davomida 40 dan ortiq maqola va tezislar chop ettirgan, shu bilan birga o’quv qo’llanma va patent muallifi ham hisoblanadi. Akademiya rahbariyati, jamoasi hamda talabalari nomidan Munisaxonning kelgusida ilmiy izlanishlariga omad tilaymiz.

Batafsil o’qish uchun:  https://bit.ly/3FKc7Lw

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan