S.U.Aliyev «Jamoat salomatligi va menejment» kafedrasi professor-oʻqituvchilari bilan oʻquv-tarbiya ishlari sifatini yaxshilash va kamchiliklarni birgalikda hal etish borasida suhbatlashdi.

S.U.Aliyev

Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy maʼlumotli hamshira fakulteti dekani S.U.Aliyev “Jamoat salomatligi va menejment” kafedrasi professor-oʻqituvchilari bilan oʻquv-tarbiya ishlari sifatini yaxshilash va kamchiliklarni birgalikda hal etish borasida suhbatlashdi.

 2022-yil kafedra attestatsiyasidagi kamchiliklar, 2023-yil uchun oʻquv, ilmiy, konferensiya rejalarining bajarilishi, oʻquv va amaliyot bazalari, menejment yoʻnalishi amaliy koʻnikmalari roʻyxati, maʼnaviy-maʼrifiy, sport, fitnes, sheyping tadbirlari tahlil qilindi.

2023-yil yanvar oyi TTA kengashida tasdiqlangan professor-oʻqituvchilarni bir martalik va davomiy ragʻbatlantirish mezonlari, kafedrani raqamlashtirish, yaʼni Edoc.ssv.uz va JIHOZMED tizimlari orqali ishlash, xar bir xodim kesimida TTAning 5 ta ilmiy jurnalida maqolalar chop etish va repozitoriyga qoʻyish orqali Xirsh indeksini koʻtarish, iqtibos koʻrsatkichini oshirish, oʻquv adabiyotlarini yaratish, xorijiy tillarni oʻrganish tushuntirildi.

Shuningdek, kafedrada oʻtilayotgan oʻquv mashgʻulotlarida talabalar davomati, oʻzlashtirishi tekshirildi va ularga TTAda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan nomli stipendiyalar, nominatsiyalar, jitimoiy qoʻllab-quvvatlash, fan olimpiadalari va anjumanlar haqida maʼlumot berildi.

S.U.Aliyev S.U.Aliyev

S.U.Aliyev S.U.Aliyev

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan