Toshkent Tibbiyot Akademiyasi talabalari 9-10 mart kunlari Buxoro shahrida o’tkazilgan «Ibn Sino ta’limotidan uchinchi renessansgacha» III Xalqaro tibbiyot oliygohlari olimpiadasida ishtirok etishdi. Jamoa a’zolarining barchasi sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o’rinni egallashdi.
Jumladan
- Oltiboyev Asilbek Tibbiyotda ingliz tili fanidan 1-o’rin g’olibi
- Valiulin Rashid Ichki kasalliklar fanidan 2-o’rin g’olibi
- Аbdusattorova Laylo Odam anatomiyasi fanidan 2-o’rin g’olibi
- Toxtamuratova Zilola Xalq tabobati fanidan 2-o’rin g’olibi
- Kuani’shkaliev Muxan OXTA fanidan 2-o’rin g’olibi
- Аbdullajonova Muslimaxon Akusherlik va ginekologiya fanidan 2-o’rin g’olibi
- Tursunbayeva Diyora Ichki kasalliklar propedevtikasi fanidan 3-o’rin g’olibi
- Boluns Yevgeniya Pediatriya fanidan 3-o’rin g’olibi
- Karvonov Baxtiyor Tibbiy kimyo fanidan 3-o’rin g’olibi
- Аbduhamidov Shohruh Gistologiya fanidan 3-o’rin g’olibi
- Qahramonova Nilufarxon Dermatovenerologiya fanidan 3-o’rin g’olibi
- Sayfullayev Sohibjon Xirurgiya fanidan 3-o’rin g’olibi
Habibova Feruzabonu Yosh olimlar ilmiy loyihalari tanlovida 3-o’rin g’olibi