Toshkent tibbiyot akademiyasida 8-aprel kuni 4-TTJ tadbirlar zalida 1-son davolash fakulteti va Ijtimoiy fanlar kafedrasi hamkorligida Respublikamizda 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga bag‘ishlangan Shu aziz Vatan barchamizniki!» nomli tadbir o‘tkazildi.
Unda referendumning mazmun mohiyati, konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgarishlar, yoshlar hayotiga daxldor juda ko‘plab yangiliklar tasnifi ifodalandi.Shuningdek, shu kunning o’zida «Kitob-tafakkur xazinasi!» nomli tadbir ham bo’lib o’tdi. Unda, TTA axborot resurs markazi xodimlari tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Bundan tashqari, Amir Temur tavalludi munosabati bilan ushbu fakultet va kafedra bilan hamkorlikda «Amir Temur – sohibqiron, buyuk sarkarda» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir davomida talabalar Temur tuziklari ,Temuriylar maktabi bo’yicha qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldi.