Farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va oliy ma’lumotli hamshira fakulteti dekani S.U.Aliyev “Gematologiya, transfuziologiya va laboratoriya ishi” kafedrasining Gematologiya RIIATM klinikasidagi (Arnasoy ko‘chasi) o‘quv-klinik bazasida professor-o‘qituvchilari bilan o‘quv-tarbiya ishlari sifatini yaxshilash va kamchiliklarni birgalikda hal etish borasida suhbatlashdi.
2022 yil kafedra attestatsiyasidagi kamchiliklar, 2023 yil uchun o‘quv, ilmiy, konferensiya rejalarining bajarilishi, o‘quv va amaliyot bazalari, ma’naviy-ma’rifiy, sport, fitnes, sheyping tadbirlari tahlil qilindi.
Shuningdek, joriy yil yanvarda TTA kengashida tasdiqlangan professor-o‘qituvchilarni bir martalik va davomiy rag‘batlantirish mezonlari, kafedrani raqamlashtirish, ya’ni Edoc.ssv.uz va JIHOZMED tizimlari orqali ishlash, xar bir xodim kesimida TTAning 5 ta ilmiy jurnalida maqolalar chop etish va repozitoriyga qo‘yish orqali Xirsh indeksini ko‘tarish, iqtibos ko‘rsatkichini oshirish, o‘quv adabiyotlarini yaratish, xorijiy tillarni o‘rganish tushuntirildi.
Shu bilan birga, kafedra bazasida e’lonlar va o‘zlashtirish burchagi osilmagan, xorijiy til sertifikatiga ega xodimlar yetarli emas (faqat Babajanova), xodimlarning ishga kelib-ketish jurnali to‘ldirilmagan, “Gematologiya” magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklariga targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmagan kabi kamchiliklarni xal etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi.
Kafedrada o‘tilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarida 2-davolash fakulteti 306ab gurux talabalar davomati (85%), o‘zlashtirishi tekshirildi va ularga TTAda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan nomli stipendiyalar, nominatsiyalar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, fan olimpiadalari va anjumanlar haqida ma’lumot berildi.